Ishlar ro'yxati / bitta ish
GET/work/task-view
Kompaniya loyihalaridagi ishlar (smeta ishlari, task) ro'yxatini qaytaradi.
Faqat shu tokenga tegishli kompaniyaning ishlari qaytariladi (company_id
avtomatik filtrlanadi). O'chirilgan ishlar, sarlavha (guruh) qatorlari va
arxivlangan loyihalardagi ishlar chiqmaydi.
Har bir ishda: loyiha, bo'lim, o'lchov birligi, reja miqdori (quantity), birlik
narxi (amount), reja summasi (total_amount = amount × quantity), bajarilgan
miqdor (task_progress_quantity), bajarilish foizi (task_percent), holat va
sanalar.
id yuborilsa — bitta ish qaytadi (data — massiv emas, obyekt). Topilmasa,
o'chirilgan, boshqa kompaniyaga tegishli yoki loyihasi arxivlangan bo'lsa — 403.
id yuborilmasa — filterlangan va sahifalangan ro'yxat (current_page,
total, data). Tartib: loyiha → bo'lim → ishning bo'limdagi o'rni.
Ishning bajarilgan ishlari (hisobotlari) — GET /work/task-progress-view?task_id={id}.
Quyidagidan boshqa query kalitlari e'tiborsiz qoldiriladi. Massiv parametrlar
project_ids[]=1&project_ids[]=2 ko'rinishida yuboriladi; massiv bo'lmasa — 422.
Request
Responses
- 200
- 401
- 403
- 422
- 500
Muvaffaqiyatli. id yuborilmasa — sahifalangan ro'yxat, yuborilsa — bitta ish.
Access-Token noto'g'ri yoki berilmagan
So'ralgan id topilmadi (yoki o'chirilgan/boshqa kompaniyaga tegishli)
Parametr noto'g'ri formatda (masalan massiv parametr massiv emas, sana dd.mm.yyyy ko'rinishida emas, holat qiymati ro'yxatda yo'q).
Xatolik