Bajarilgan ishlar ro'yxati / bitta bajarilgan ish
GET/work/task-progress-view
Bajarilgan ishlar (ish hisobotlari, task progress) ro'yxatini qaytaradi.
Faqat shu tokenga tegishli kompaniyaning yozuvlari qaytariladi; o'chirilganlar
va arxivlangan loyihalardagilar chiqmaydi.
Har bir yozuvda: qaysi ish (loyiha, bo'lim, ish), bajarilgan miqdor, umumiy summa
(total_amount — ombordan sarflangan materiallar + resurslar (odam, texnika),
kompaniyaning asosiy valyutasida — currency), bajarilgan sana, ijrochi
kontragentlar, shartnomalar, to'lovga tasdiqlash holati (confirmation_payment)
va to'lov holati (payment_percent, payment_status).
Ombordan to'g'ridan-to'g'ri loyihaga sarflangan yozuvlarda (source_type: warehouse)
ish va bo'lim bo'lmaydi — task, section, place null qaytadi.
id yuborilsa — bitta yozuv (obyekt) qaytadi. Qo'shimcha maydonlar:
paid_amount (to'langan), calculated_amount (resurslar bo'yicha hisoblangan
summa) va details (resurslar: odam, texnika, inventar xizmati — miqdor, narx,
ijrochi). Topilmasa yoki boshqa kompaniyaga tegishli bo'lsa — 403.
id yuborilmasa — filterlangan va sahifalangan ro'yxat (oxirgi kiritilganlar
birinchi). Quyidagidan boshqa query kalitlari e'tiborsiz qoldiriladi.
Request
Responses
- 200
- 401
- 403
- 422
- 500
Muvaffaqiyatli. id yuborilmasa — sahifalangan ro'yxat, yuborilsa — bitta yozuv (details bilan).
Access-Token noto'g'ri yoki berilmagan
So'ralgan id topilmadi (yoki o'chirilgan/boshqa kompaniyaga tegishli)
Parametr noto'g'ri formatda (massiv parametr massiv emas, sana dd.mm.yyyy ko'rinishida emas, holat qiymati ro'yxatda yo'q).
Xatolik