Tenderlar ro'yxati / bitta tender
GET/tender/view
Kompaniyaning tenderlari ro'yxatini qaytaradi. Faqat shu tokenga tegishli
kompaniyaning tenderlari qaytariladi (company_id avtomatik filtrlanadi). Ro'yxat
Uyqur'dagi "Ta'minot → Tenderlar" ro'yxati bilan bir xil: o'chirilgan partiyalar va
arxivlangan tenderlar chiqmaydi.
Tender — tenderga chiqarilgan partiya, uning id si partiya ID'si (/order/view
dagi bilan bir xil). Tender holati, mas'ul xodimi va muddatlari tender obyektida.
Har bir qatorda qo'shimcha ravishda: mahsulot qatorlari soni (products_count),
taklif bergan kontragentlar soni (participants_count) va tanlangan (recieved)
takliflar egalari — g'oliblar (winners). G'olib yakuniy hisoblanadi, agar
tender.status = closed bo'lsa.
id yuborilsa — bitta tender qaytadi (data — massiv emas, obyekt): ro'yxatdagi
maydonlarga qo'shimcha ravishda mahsulot qatorlari (warehouse_products) va har bir
qatorga berilgan takliflar (offers, g'oliblik o'rni bo'yicha tartiblangan). Arxivlangan
va istalgan holatdagi tender ham ochiladi. id topilmasa, o'chirilgan, tender
bo'lmagan yoki boshqa kompaniyaga tegishli bo'lsa — 403.
id yuborilmasa — filterlangan va sahifalangan ro'yxat: javobda current_page,
total va data (massiv) maydonlari bo'ladi. Quyidagidan boshqa query kalitlari
e'tiborsiz qoldiriladi.
Request
Responses
- 200
- 400
- 401
- 403
- 422
Muvaffaqiyatli javob. id yuborilmasa — sahifalangan ro'yxat, id yuborilsa — bitta tender mahsulotlari va takliflari bilan.
Xatolik
Access-Token noto'g'ri yoki berilmagan
So'ralgan id topilmadi (yoki o'chirilgan/boshqa kompaniyaga tegishli)
Parametr qiymati noto'g'ri (masalan, noma'lum order_tender_statuses[] yoki sort_key).