Skip to main content

Xizmat partiyalari ro'yxati / bitta xizmat partiyasi

GET 

/service-order/view

Kompaniyaning xizmat partiyalari (xizmat buyurtmalari) ro'yxatini qaytaradi — kamida bitta xizmat (resurs turi service) qatori bor partiyalar. Ro'yxat Uyqur'dagi "Xizmatlar → Partiyalar" ro'yxati bilan bir xil: o'chirilgan partiyalar, boshlang'ich qoldiq (astatka) partiyalari va hali monitoringdan o'tmagan tender partiyalari chiqmaydi. Summalar butun partiya bo'yicha.

/order/view dan farqi: /order/view barcha partiyalarni (mahsulot va xizmat) qaytaradi; bu endpoint — faqat xizmat partiyalarini (ro'yxat /order/view?types[]=service bilan bir xil to'plam). Bitta partiyada (id) esa faqat xizmat qatorlari (warehouse_products) qaytadi va xizmat qatori bo'lmagan partiya ID'si 403 beradi. Javob formati, filterlar va sahifalash /order/view bilan bir xil.

id yuborilsa — bitta partiya (data — obyekt) xizmat qatorlari, NDS/chegirma summalari, qabul qilgan / to'lagan xodimlar bilan. Topilmasa, o'chirilgan, xizmat partiyasi bo'lmasa yoki boshqa kompaniyaga tegishli bo'lsa — 403.

id yuborilmasa — filterlangan va sahifalangan ro'yxat: javobda current_page, total va data maydonlari bo'ladi. Filterlar /order/view dagi bilan bir xil (search, statuses[], confirmation_payments[], payment_statuses[], project_ids[], warehouse_ids[], company_person_ids[], sana oraliqlari, sort_key va boshqalar); quyida eng ko'p ishlatiladiganlari keltirilgan.

Request​

Responses​

Muvaffaqiyatli javob — /order/view bilan bir xil format (Order / OrderDetail); bitta partiyada warehouse_products — faqat xizmat qatorlari.