Skip to main content

Loyihalar ro'yxati (papkalari bilan) / bitta loyiha

GET 

/project/view

Kompaniya loyihalarini main UI'dagi "Loyihalar" sahifasi kabi qaytaradi (main/project/view asosida). Faqat shu tokenga tegishli kompaniyaning loyihalari qaytariladi (company_id avtomatik filtrlanadi).

/project/select dan farqi: select faqat papkaga biriktirilmagan loyihalarni tekis ro'yxat qilib beradi. view esa ikki qismni qaytaradi:

  • projects — papkaga biriktirilmagan (mustaqil) loyihalar;
  • project_folders — loyiha papkalari: har biri ichidagi loyihalar (projects) va ular bo'yicha yig'ilgan summalar/foiz bilan.

Har bir loyiha va papka bo'yicha: reja (total_amount), sarf (spend_amount), prognoz (prediction_amount = kutilayotgan + sarf), ombordagi qoldiq (stock_amount), bajarilish foizi (percent), prognoz tugash sanasi (prediction_date, ish grafigi bo'yicha). Loyihada qo'shimcha — shartnoma kartasi (contract) va valyuta. Summalar loyiha valyutasida. Ro'yxat sahifalanmaydi.

Filterlar loyihalarga qo'llanadi; papkalar ro'yxati filtrlanmaydi (main kabi) — filterga mos loyihasi bo'lmagan papka projects_count: 0 bilan qaytadi.

id yuborilsa — bitta loyiha batafsil (data — obyekt): kassalar, omborlar, mas'ullar, manzil, ish grafigi bo'yicha jarayon (progress). Papka yoki boshqa kompaniya loyihasi — 403. Eslatma: bitta loyihada papkaning umumiy xarajatlari ulushi ham loyiha sarfiga qo'shiladi, shuning uchun spend_amount ro'yxatdagidan katta chiqishi mumkin (main bilan bir xil).

Request​

Responses​

Muvaffaqiyatli. id yuborilmasa — ProjectViewListResponse, id bilan — ProjectViewSingleResponse.