Skip to main content

Partiyalar ro'yxati / bitta partiya

GET 

/order/view

Kompaniyaning ta'minot partiyalari (buyurtmalari) ro'yxatini qaytaradi. Faqat shu tokenga tegishli kompaniyaning partiyalari qaytariladi (company_id avtomatik filtrlanadi). Ro'yxat Uyqur'dagi "Ta'minot → Partiyalar" ro'yxati bilan bir xil: o'chirilgan partiyalar, boshlang'ich qoldiq (astatka) partiyalari va hali monitoringdan o'tmagan tender partiyalari chiqmaydi.

id yuborilsa — bitta partiya qaytadi (data — massiv emas, obyekt): ro'yxatdagi maydonlarga qo'shimcha ravishda partiya mahsulotlari (warehouse_products), NDS va chegirma summalari, qabul qilgan / to'lagan xodimlar va to'lov turlari. id topilmasa, o'chirilgan yoki boshqa kompaniyaga tegishli bo'lsa — 403.

id yuborilmasa — filterlangan va sahifalangan ro'yxat: javobda current_page, total va data (massiv) maydonlari bo'ladi. Quyidagidan boshqa query kalitlari e'tiborsiz qoldiriladi.

Summalar partiya valyutasida (currency); turli valyutali mahsulotlari bor partiya uchun — kompaniyaning asosiy valyutasida. total_amount — buyurtma summasi, calculated_amount — omborga qabul qilingan mahsulotlar summasi, paid_amount — to'langan summa, must_pay_amount = calculated_amount − paid_amount.

Request​

Responses​

Muvaffaqiyatli. id yuborilgan-yuborilmaganiga qarab javob shakli farq qiladi — pastdagi misollarga qarang.