Skip to main content

Shartnomalar ro'yxati / bitta shartnoma

GET 

/contract/view

Kompaniyaning shartnomalari ro'yxatini qaytaradi. Faqat shu tokenga tegishli kompaniyaning shartnomalari qaytariladi (company_id avtomatik filtrlanadi). Ro'yxat Uyqur'dagi "Shartnomalar" ro'yxati bilan bir xil: o'chirilgan shartnomalar va integratsiyadan (Didox) kelgan, hali tasdiqlanmagan draft shartnomalar chiqmaydi.

id yuborilsa — bitta shartnoma qaytadi (data — massiv emas, obyekt): ro'yxatdagi maydonlarga qo'shimcha ravishda boshlang'ich shartlar (basic_*), kompaniya asosiy valyutasidagi summa (total_amount), bloklash sozlamalari, shartnoma fayli va qo'shimcha kelishuvlar (additionals). id topilmasa, o'chirilgan, draft yoki boshqa kompaniyaga tegishli bo'lsa — 403.

id yuborilmasa — filterlangan va sahifalangan ro'yxat: javobda current_page, total va data (massiv) maydonlari bo'ladi. Quyidagidan boshqa query kalitlari e'tiborsiz qoldiriladi.

Summalar shartnoma valyutasida (currency): amount — shartnoma summasi (qo'shimcha kelishuvlar bilan), related_amount — biriktirilgan partiya va ishlar bo'yicha kelishilgan summa, recieved_amount — bajarilgan (omborga qabul qilingan mahsulotlar va qabul qilingan ishlar), paid_amount — to'langan, debt_amount — qoldiq (amount − paid_amount), balance = paid_amount − recieved_amount (musbat — avans, manfiy — qarz). payment_schedule — to'lov grafigi jamlanmasi (to'liq grafik — /contract/payment-schedule).

Request​

Responses​

Muvaffaqiyatli. id yuborilgan-yuborilmaganiga qarab javob shakli farq qiladi — pastdagi misollarga qarang.