Kontragentlar ro'yxati (to'liq) / bitta kontragent
GET/company-person/view
Kompaniyaning kontragentlarini to'liq ma'lumot va valyutalar bo'yicha balans
(qarzdorlik) bilan qaytaradi. Faqat shu tokenga tegishli kompaniyaning kontragentlari
qaytariladi (company_id avtomatik filtrlanadi). Jami summalar va balanslar Uyqur'dagi
"Kontragentlar" ro'yxati bilan bir xil hisoblanadi.
/company-person/select dan farqi: select — tanlash ro'yxati uchun ixcham
ko'rinish; view esa integratsiya uchun to'liq kartochka: shaxsning manzili, hududi
(person.district, person.region) va koordinatalari, bank rekvizitlari (director,
bank_name, account_number, mfo), ishonch holati (trust_status), papka obyekti
(company_person_folder), qo'shimcha maydon qiymatlari (custom_field_values),
arxivlangan kontragentlarni olish (is_archived=true) va id bo'yicha bitta kontragent
(loyihalar kesimidagi boshlang'ich qoldiqlar — balance_projects bilan). Papkadagi va
papkasiz kontragentlar birga qaytadi (papka bo'yicha filter bor); saralash — eng
yangisidan boshlab.
id yuborilsa — bitta kontragent (arxivlangani ham) qaytadi (data — obyekt).
Topilmasa yoki boshqa kompaniyaga tegishli bo'lsa — 403.
id yuborilmasa — filterlangan va sahifalangan ro'yxat: javobda current_page,
total va data (massiv). Quyidagidan boshqa query kalitlari e'tiborsiz qoldiriladi.
Balans belgisi: musbat — kontragent haqdor (kompaniya unga qarzdor), manfiy —
kontragent qarzdor. total_amount, debt_amount (musbat son), credit_amount —
kompaniya asosiy valyutasida (joriy kurs bo'yicha); balances[].amount — har bir
valyutaning o'zida.
Request
Responses
- 200
- 400
- 401
- 403
- 422
Muvaffaqiyatli. id yuborilgan-yuborilmaganiga qarab javob shakli farq qiladi — pastdagi misollarga qarang.
Xatolik
Access-Token noto'g'ri yoki berilmagan
So'ralgan id topilmadi (yoki o'chirilgan/boshqa kompaniyaga tegishli)
Parametr qiymati noto'g'ri (masalan, balance_total_amount_type, sort_* yoki is_archived).